02 mar 07:35
Yangiliklar

1:6. Qozoq matbuoti Stranjada bokschilarimizdan uchralgan mag'lubiyatlarni shunday izohladi
Qozog'istonning sports.kz internet nashri o'z bokschilarining «Stranja» turniridagi ishtirokini sarhisob qildi.
«Keling, faqat azaliy raqibimiz – O'zbekiston bilan solishtirsak, ularda 8 nafar ishtirokchi va 7 ta sovrinli o'rin. SHundan 6 nafari chempion, yana biri uchinchi o'rinni egallagan», - deyiladi manbada.
Qo'shni mamlakatdagi hamkasblarimiz o'z vakillarining qaysi o'zbek bokschilaridan mag'lub bo'lganini birma-bir yozib «Qozog'iston - O'zbekiston - 1:6», - deya izoh berdi.
«Ko'rinib turibdiki, Parij Olimpiadasigacha vaqt ko'p, xulosa chiqarish uchun hali etarlicha vaqt bor. Ammo, O'zbekistonda bu O'yinlarning boks turniriga hozirdanoq maqsadli tayyorgarlik ko'rilayotganga o'xshaydi. Ehtimol, ular to'g'ri ish qilyaptilar: axir, Olimpiadaga ikki yil qoldi. Olimpiada mukofotlari uchun davolarimizni taqdim etish vaqti kelganida, ortga qarashga vaqtimiz bo'lmaydi...
Lekin birinchi navbatda, biz hali ham Olimpiada yo'llanmalarini qo'lga kiritishimiz kerak. Ey Xudo, licenzion turnirlarda o'zbeklar bizga to'sqinlik qilmasin», - deya yakunlanadi maqola.
Fikrlar