01 mar 23:00
Yangiliklar
"Stranja-2026". O'zbekiston musobaqani 7 ta oltin medal bilan yakunladi
Musobaqaning final bahslarida 11 nafar hamyurtimiz ringga ko'tarildi. Unga ko'ra, 7 nafar bokschimiz g'alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo'ldi. 4 nafar vakilimiz esa musobaqani kumush medal bilan yakunladi. Kechagi bahslarda vakillarimiz 6 ta bronzaga ega chiqqandilar.
Vakillarimizning finaldagi natijalari bilan tanishing:
-48 kg: Sabina Boboqulova - Anna Oxota (Ukraina) 5:0
-57 kg: Nigina O'ktamova - Mixaela Valsh (Irlandiya) 3:2
-65 kg: Navbahor Hamidova - Laura Essenkeldi (Qozog'iston) 5:0
-75 kg: Aziza Zokirova - Emma Sue Greentree (Avstraliya) 5:0
+80 kg: Oltinoy Sotimboeva - Valeriya Axenova (Qozog'iston) 0:5
-51 kg: Feruza Kazakova - Zlatislava CHukanova (Bolgariya) - Kazakova jarohat sabab ringga chiqmaydi
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Rami Kivan (Bolgariya) - 5:0
-80 kg: Javohir Ummataliev - Pavlo Illiusha (Ukraina) 2:3
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Matvii Rajba (Ukraina) 5:0
-90 kg: To'rabek Xabibullaev - Bogdan Tolmachov (Ukraina) 5:0
+90 kg: Ozodbek Aliev - Damar Tomas (Angliya) 0:5

Fikrlar