19 iyu 08:35
Yangiliklar
16 yoshli og'ir atletikachimiz onlayn o'tkazilgan xalqaro turnirda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etayotgan musobaqada 16 yoshli atletimiz Nigora Abdullaeva ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
-55 kilogramm vazn toifasida supachaga chiqqan vakilamiz dast ko'tarishda 77 kilogramm, siltab ko'tarishda 95 kg, jami 172 kilogramm natija qayd etdi. Batafsil:
Og'ir atletika bo'yicha xalqaro onlayn turnir.
Ayollar, -55 kg.:
1. Gabriela Ana (Meksika) – 180 kg (78 kg + 102 kg)
2. Nigora Abdullaeva (O'zbekiston) – 172 kg (77 kg + 95 kg)
3. Borrego Irene (Meksika) – 167 kg (72 kg + 95 kg)
Takidlash joiz, sportchimiz og'ir atletika bazasidagi mashg'ulot zalida ishtirok etdi. SHu tariqa turnirning boshqa sportchilari ham o'zlari uchun qulay joyda qatnashishdi. Bunda tomonlar xalqaro standartlar talabini bajarsa bo'lgani.
Fikrlar