23 fev 11:00
Yangiliklar

17 yoshli qizaloq Dubaydagi WTA 1000 turniri chempioni bo'ldi
Bu uning ushbu toifadagi birinchi sovrini bo'ldi. Mirra ertaga elon qilinadigan yangilangan reytingda Top-10`talikda debyut qiladi. Finalgacha dunyoning 14-raketkasi bo'lib kelgan Andreeva bosh sovrin uchun kechgan bahsda WTA reytingida 38-pog'onadan joy olgan daniyalik Klara Tausonni 7/6(1), 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi bo'ldi. Bir soatu 46 daqiqa davom etgan bahsda Andreeva 6, Tauson 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Mirrada bittaga ko'proq bo'ldi - 5 ga 1. Breyklar bo'yicha ustunlik ham tabiiyki g'olib tennischi tomonida - 4 ga 2.
Mirra Andreeva faoliyatidagi ikkinchi sovrinini qo'lga kiritdi. U 17 yoshu 299 kunligida 2009 yildan beri o'tkazib kelinayotgan WTA 1000 toifasidagi turnirlarning eng yosh chempioniga aylandi. Rossiyalik iqtidor egasi 1000 reyting ochkosi hamda 597,000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega chiqdi. Tauson esa 650 ochko va 351,801 dollar ishlab oldi.
Fikrlar