04 noy 11:02
Yangiliklar
Tennis
20 yoshli Koko Goff WTA Yakuniy turnirini g'alaba bilan boshladi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tennis bo'yicha WTA Yakuniy turniri davom etmoqda.
Dunyoning uchinchi raketkasi Koko Goff musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. Amerikalik 20 yoshli iqtidor egasi guruhning ilk uchrashuvida WTA reytingida oltinchi o'rinni egallab turgan vatandoshi Jessika Pegulani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/2.
Koko tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi - 2:4. Etmish besh daqiqalik bahsda Goff 2 ta eys, 5 ta breyk qayd etib, 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar