10 noy 11:32
Yangiliklar
20 yoshli Koko Goff yilning Yakuniy WTA turniri chempioni!
Musobaqa bosh sovrini dunyoning uchinchi raketkasi bo'lib turgan Koko Goffga nasib etdi. Amerikalik 20 yoshli iqtidor egasi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning ettinchi pog'onasidan joy olgan xitoylik CHjen Cinvenni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 3/6, 6/4, 7/6(2).
Goff tay-brekda chempionlik masalasini hal qildi. U irodali g'alabaga erishdi. Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Kokoning qo'li baland keldi. Uch soatu etti daqiqa davom etgan bahsda Goff 5, CHjen 4 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham 5 tadan breykka erishdi. Qo'shxatolar chempionda ko'proq bo'ldi - 4 ga 1.
Koko Goff faoliyatida ilk bor yilning Yakuniy WTA turnirida chempion bo'ldi. Ar-Riyoddagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 2,5 million AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini keltirdi.
Fikrlar