12 dek 14:22
Yangiliklar
Og'ir atletika
20 yoshli og'ir atletikachimiz jahon kubogida medallar shodasini qo'lga kiritdi
Xabar berib o'tganimizdek, shu kunlarda Xitoyning Tyanczin shahrida og'ir atletika bo'yicha jahon kubogi davom etmoqda.
Bungacha Muattar Nabieva, Sarvarbek Zafarjonov va Tursunoy Jabborova mazkur musobaqada sovrindor bo'lgani haqida xabar qilgandik.
Biroz avval -109 kg vaznli polvonlar o'rtasida bellashuvlar yakunlandi. Mazkur vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Akbar Jo'raev uchkurash yakuniga ko'ra 1 ta oltin, 2 ta kumush medalga ega chiqdi. Hamyurtimiz dast ko'tarishda 181 kg (kumush), siltab ko'tarishda 219 kg (oltin) va umumiy hisobda 400 kg (kumush) natija ko'rsatdi.
Biz ushbu muvaffaqiyat bilan sportchimiz va uning murabbiyini, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasini muborakbod etamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar