So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

09 jan 08:38
Yangiliklar

Tadbirlar

2021 yilda sport bilan shug'ullanayotgan aholi qamrovi 25 foizga etkaziladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida o'tkazilgan navbatdagi Hayat yig'ilishi videoselektor tarzida tashkil etilib, unga Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev raislik qildi.

Yig'ilish avvalida vazir muhtaram yurtboshimizning yaqinda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalqiga yo'llagan Murojaatnomasida jismoniy tarbiya va sport sohasida belgilab bergan ustuvor vazifalari va ularni amalga oshirish mexanizmlari haqida qisqacha malumot berdi.

Jumladan, 2021 yilda jismoniy tarbiya va sport muassasalari, bolalar bog'chalari va maktablarni sport jihozlari bilan taminlash, may oyiga qadar barcha tuman markazlari va shaharlarda piyodalar hamda velosiped yo'laklaridan iborat umumiy uzunligi 1 042 km bo'lgan «Salomatlik yo'laklari»ni barpo etish ishlariga jiddiy etibor qaratish lozimligini takidladi.

Eng muhim vazifalardan biri sifatida yurtdoshlarimizni ommaviy sportga keng jalb etish orqali 2021 yilda muntazam sport bilan shug'ullanayotgan aholi qamrovini 25 foizga etkazish, buning uchun esa turli ommaviy sport tadbirlarini tashkil etishga jiddiy etibor qaratish kerakligi aytib o'tildi.

Jumladan, 10 yanvardan boshlanadigan «Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida o'tkazilayotgan ommaviy sport festivali kabi tadbirlarni yanada ko'paytirish, endilikda bunday tadbirlarni mahallabay tarzida tashkil etishga jiddiy etibor qaratish lozimligi uqtirildi.

SHu maqsadda «Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi ommaviy sport festivali dastlabki bosqichda yurtimizdagi 9 155ta mahallada, ikkinchi bosqichda esa 204ta tumanda tashkil etiladi.

Hayat yig'ilishi kun tartibidan quyidagi masalalar o'rin olgandi:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori ijrosini taminlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to'g'risida;

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni ijrosini taminlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to'g'risida;

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarori ijrosini taminlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to'g'risida;

4. Vazirlik tizimidagi talim muassasalari va tashkilotlarida davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish, byudjetdan tashqari tushumlarni oshirish, moliyalashtirish ishlarini yanada takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to'g'risida;

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2022 yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi hamda “2021-2023 yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorlari ijrosini taminlashda barcha darajadagi rahbarlarining roli va masuliyati to'g'risida;

6. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 fevraldagi 90-son qarori asosida sport talim muassasalarining faoliyati samaradorligini reyting tizimi asosida baholash natijalari to'g'risida;

7. Turli masalalar.

Kun tartibidan o'rin olgan masalalar bo'yicha erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda mavjud kamchiliklarga ham to'xtalib o'tildi. Jumladan, vazirning birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov 2021 yilda faoliyati tashkil etilishi belgilangan 5ta kurash mahorat maktablari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emasligi, joylardagi mutasaddi rahbarlar ushbu vazifaga sovuqqonlik bilan qarayotganligini tanqid qildi.

SHuningdek, 2025 yili Toshkentda o'tkaziladigan IV o'smirlar yozgi Osiyo o'yinlariga selekciya ishlarini bugundan boshlash, buning uchun Olimpiya zaxiralari kollejlariga joriy hamda 2022 yilgi qabul jarayonlarida eng istedodli yoshlarni saralab olish va ularning mahoratini bosqichma-bosqich oshirib borish kerakligi takidlandi.

Sport talimi muassasalari va tashkilotlarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni amalga oshirish, byudjetdan tashqari tushumlarni oshirish, moliyalashtirish ishlarini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlarga to'xtalgan vazir o'rinbosari Nodir Murotov bu boradagi ishlarning talab darajasida emasligini takidlab, ayniqsa joylarda bu masalaga sovuqqonlik bilan qaralayotganini maqul qildi.



Etiborli jihati, vazirlik tizimidagi tashkilotlarda davlat-xususiy sherikchilik borasida malum ishlar ham amalga oshirilgan. Ammo, hujjatlarni rasmiylashtirishdagi ayrim etiborsizlik va kamchiliklar natijasida hozirgi paytda bu borada bajarilgan ishlar foiz ko'rsatkichida juda past bo'lib qolmoqda.

Yana bir muhim masala, 2021 yildan etiboran sport talimi muassasalarining faoliyati samaradorligini reyting tizimi asosida baholash mexanizmiga o'tiladi. Xo'sh, bu soha rivoji uchun nima beradi?

Javob esa oddiy, reyting tizimi asosida baholash mamlakatimizdagi sport talimi muassasalarida ish qanchalik to'g'ri tashkil etilgan yoki etilmaganligini ko'rsatib beradi. Aynan reyting tizimi sport talimi muassasalari rahbarlarining faoliyatiga odilona baho berishda muhim omil bo'ladi.

Kun tartibidan o'rin olgan masalalar yuzasidan Hayat qarori qabul qilinib, aniq vazifalar belgilab olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing