05 dek 19:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev JCHda uchinchi chempionlik sari yurishni boshladi: ilk bosqichda oson g'alaba
Dubay shahrida boks bo'yicha Jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari boshlandi.
Musobaqada -67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan jahon chempionimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ilk bosqichda Bagam Orollari vakili Rashield Uilyamsga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq 3 raund davom etgan jangda Asadxo'ja katta ustunlikka erishdi va raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Endi Mo'ydinxo'jaev navbatdagi jangini Armaniston (IBA-PRO) vakili Armen Mashakaryanga qarshi o'tkazadi.
Malumot uchun, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev bungacha 2023 yili IBA shafeligidagi JCHda, 2025 yili esa World Boxing tashkilotining Jahon chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar