So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

04 noy 13:11
Yangiliklar

Futbol

2024 yil 1 iyungacha futbol bo'yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi - Prezident qarori

Teglar :  Prezident qarori
Milliy futbol markazi hamda futbol bo'yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi.

“Futbol-talim muassasalari tarmog'ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–355-son, 03.11.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, O'zbekiston futbol associaciyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:

- Milliy futbol markazi;

- Futbol bo'yicha respublika oliy sport mahorati maktabi negizida Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi;

- Sport tibbiyoti va reabilitaciya markazi.

SHuningdek, Futbol bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash markazi Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi etib, Respublika bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi Respublika futbol akademiyasi etib qayta nomlanadi.

2025 yil 1 yanvardan hududiy futbol akademiyalari, maktablari va boshqa davlat futbol-talim muassasalari trenerlarining Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazidan majburiy ravishda tegishli licenziyalarni olgandan so'ng faoliyat ko'rsatish amaliyoti joriy qilinadi.

2024 yil sentyabrda O'zbekistonda futzal bo'yicha Jahon chempionati o'tkazilishi munosabati bilan hududlarda futzal jamoalari tashkil etiladi, shu jumladan professional futbol klublari huzuridagi futzal bo'yicha asosiy, yoshlar va ayollar jamoalari faoliyati yo'lga qo'yiladi.

2024 yil 1 yanvardan professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchi va mutaxassislarga O'zbekiston futbol associaciyasining ijobiy xulosasi asosida ularning xususiy sektorda amalga oshiradigan futbolni rivojlantirish loyihalari uchun milliy valyutada 1,5 milliard so'mgacha 5 yildan kam bo'lmagan muddatga imtiyozli kredit ajratiladi.

Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazida “futbol treneri”, “futbol hakami”, “futbol tahlilchisi”, “futbol selekcioneri” (skaut), “sport psixologi”, “futbol menejeri”, “futbol marketologi” kabi mutaxassisliklarga o'qitish yo'lga qo'yiladi.

2024/2025 o'quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasining CHirchiq filialida “sport shifokori”, “sport dietologi”, “sport farmakologi” bilan birga “sport psixologi” mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.

2024 yil 1 martgacha respublikadagi barcha stadion va futbol maydonlarining yagona elektron reestri ishlab chiqiladi.

2024 yil 1 iyungacha futbol uchrashuvlarini namoyish qilish, futbolni aholi o'rtasida keng targ'ib qilish maqsadida futbol bo'yicha maxsus telekanal tashkil qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing