18 fev 14:51
Yangiliklar
Boks/MMA
21 yoshli chempion revansh jangida ham g'alabaga erishdi
Professional boksning ikkinchi o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Devid Benavides revansh jangida ham g'alaba qozondi.
21 yoshli jahon chempioni 31 yashar Ronald Gavrilga qarshi ringga ko'tarilib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchdi. O'n ikki raundli jang yakunida Benavides 120-108, 120-108, 119-109 hisobida g'alaba qozonib, chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar