29 okt 15:15
Yangiliklar
Tennis
28 ta eys zarbasi ham Gurkachga yordam bera olmadi
Avstriyaning Vena shahrida o'tkazilayotgan ATP turnirida 1/2 final juftliklari malum bo'ldi.
Dunyoning 11-raketkasi bo'lib turgan polshalik Xubert Gurkach Erste Bank Open turnirining 1/4 final uchrashuvida reytingning 27-pog'onasidan joy olgan xorvatiyalik Borna CHorichga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 4/6, 7/6(2), 6/7(5).
Olti daqiqasi kam uch soat davom etgan dramatik uchrashuvda Gurkach 28 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Lekin yarim finalga 7 ta eys zarbasi, 1 ta qo'shxato, 1 ta breyk qayd etgan CHorich yo'l oldi. Borna faoliyatida 23-marotaba hal qiluvchi tay-breykda zafar quchdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar