16 iyu 11:11
Yangiliklar
Tennis
Rublyov 111 yillik tarixga ega turnir g'olibi!
Ispaniyaning Uelva shahrida tennis bo'yicha ko'rgazmali maqomidagi turnir bo'lib o'tdi.
Dunyoning ettinchi raketkasi bo'lib turgan rossiyalik Andrey Rublyov final uchrashuvida xorvatiyalik Borna CHorichni 6/3, 7/6(1) hisobida mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrin sohibiga aylandi.
"Qirol Kubogi"ning final bahs 90 daqiqa davom etgan. Rublyov 1/2 finalda ispaniyalik Fernando Verdaskoni 7/5, 6/2, CHorich esa yana bir mezbon tennischi Pablo Anduxarni 6/3, 6/4 hisobida taslim etgan edi.
"Qirol Kubogi" turniri 1912 yildan beri o'tkazib kelinadi. O'z vaqtida Rafael Nadal, Karlos Moyya, David Ferrer, Gilermo Koriya singari tennis yulduzlari ushbu turniri g'olibi bo'lishgandi. Rublyov birinchi rossiyalik chempionga aylandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar