26 avg 18:04
Yangiliklar
Tennis
CHorich 197 daqiqalikda bahsda alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi
AQSHning SHimoliy Karolina shtati Uinston-Seylem shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Dunyoning 29-raketkasi xorvatiyalik Borna CHorich 3 soatu 17 daqiqa davom etgan murakkab bahsda ATP reytingining 47-pog'onasida borayotgan argentinalik Sebastyan Baesga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 3/6, 7/6(4), 6/7(2).
Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. CHorich 9, Baes 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Bornada ko'proq bo'ldi 7 ga 1. Breyklar masalasida Sebastyan ustun - 5 ga 3. Endi Baes Uinston-Seylem ATP 250 turniri bosh sovrini uchun chexiyalik Irji Lexechkaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar