18 dek 08:36
Yangiliklar
Tennis
CHorich mavsumni ertaroq yakunlaganiga izoh berdi
Xorvatiyalik tennischi Borna CHorich yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun Avstraliyaga etib bordi.
"To'g'risini aytsam, Australian Open men uchun doimo qiyin o'tgan. Faqatgina 2019 yilda yaxshi o'ynaganman. Qolganlari esa men uchun og'ir bo'lgan, balki qura men uchun omadsiz kelgandir. Lekin men doimo qiynalganman.
Aynan shu sababli Avstraliyaga ertaroq borishga qaror qildim. CHunki soatlar mintaqasini va issiqni engib o'tishim oson bo'lmaydi. So'nggi oylarda qish sharoitida yashadim. SHu sababli ko'nikib olishimga vaqt kerak.
Bu safar ham barchasi zo'r bo'lishiga ishonmayman, lekin yaxshiroq harakat qilishdan umidim bor. Biroz xordiq chiqarib, Australian Open'ga tayyorlanaman", - dedi xorvatiyalik tennischi.
Havola :
Manba : ausopen.com
Fikrlar