24 mar 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA
"30 soat och qoldim". Evloev Ramazon oyida Myorfi bilan jangga tayyorgarlik haqida gapirdi
Yarim engil vazn reytingida birinchi o'rinni egallab turgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi shanba oqshomida o'tkazgan jangiga qanday tayyorgarlik ko'rganini gapirib berdi.
"Oxirgi marta jang qilmaganimga ancha bo'ldi. Hammaga malumki, mening butun lagerim Ramazon oyida o'tdi. Tasavvur qila olasizmi, men 30 soat och qolishimga to'g'ri keldi, ovqatlanish imkoni bo'lganda esa brokkoli ko'katini edim, chunki parhezim ham bor edi. Ammo Ramazon meni kuchliroq qildi", - dedi Evloev UFC matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Movsar Evloev London (Angliya) bo'lib o'tgan UFC Fight Night 270 turnirida mezbonlar vakili Leron Myorfini mag'lubiyatga uchratgandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar