So’nggi yangiliklar

18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0 17:49Арман Царукян навбатдаги жангини Чарльз Оливейрага қарши ўтказади — манба 0 17:04Эркин курашчиларимиз Туркиядаги халқаро турнирда қатнашади, Разамбек ҳам таркибда 0 16:17Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги санаси маълум бўлди 0 15:36Возинья, Кукурелья, Олисе, Мбаппе, Месси… ФИФА ЖЧ-2026 рамзий терма жамоасини эълон қилди 0 15:01Магомед Анкалаев Богдан Гусков билан жангни «машғулот» деб атади 0 14:33Осиё чемпионати. Синхрон сузиш баҳсларида 2 та олтин медал қўлга киритилди 0 13:58Бивол Бетербиевга қарши жанг учун WBO чемпионлик камарини бўшатиши мумкин 0 13:27Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Ўйинларида қийин гуруҳдан жой олди 0 12:48Богдан Гусков Анкалаев билан жанг тўғрисида: "Бу мен учун навбатдаги имтиҳон" 0 12:05Ганбол бўйича аёллар термамизнинг Осиё ўйинларидаги рақиблари аниқланди 0 11:27Анкалаев Гусков билан жанги ҳақида: «У барчасини тушуниб етади» 0 10:59Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари маълум бўлди 0 10:36Нурсултон Рўзибоев: "Ишга келдик яна" (ФОТО) 0 10:02Рамазон Темиров ва Богдан Гусков иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

31 may 17:40
Yangiliklar

Velosport

31 may - Velosiped sportining "tug'ilgan kuni"!

Teglar :  Velosport
Bundan roppa-rosa 152 yil oldin, 1868 yilning 31 may kuni velosport bo'yicha ilk musobaqa tashkil qilingan.

Parijning Sen-Klu shaharchasida 2000 metr masofaga dastlabki velopoyga tashkil etilgan. O'sha musobaqada angliyalik J.Mur g'alaba qozongan. 

O'shanda velosportchilar turli hajmdagi g'ildiraklarga ega velosipedlarda ishtirok etishardi. O'sha musobaqa ishtirokchilarga shu qadar yoqdiki, kelasi yili Parij - Ruan yo'nalishida 120 kilometrlik dastlabki xalqaro shosse velopoygasi tashkil etiladi. O'sha musobaqada ham yana J.Mur g'olib bo'ladi. Poygalarda xattoki ikki nafar ayol ishtirokchi ham qatnashgan. 

1875 yili esa "katta" velosiped uchun jahon rekordi o'rnatiladi - 34 km/soat. Oradan bir yil o'tib uzoq masofaga poyga bo'yicha birinchi norasmiy rekord qayd etiladi - 1 soat uchun 25,508 kilometr tezlik. Rasmiy rekord esa 1893 yilga borib qayd etiladi. O'shanda franciyalik Degranj 32,32 km/soat natija ko'rsatgan. 

O'shandan buyon uzoq vaqt o'tdi. Sportchilar professional va havaskorlarga ajratila boshlandi. Bir necha yangi jahon rekordlari o'rnatildi, velosiped yordamida turli tryuklar bajarila boshlandi. Velosportga bo'lgan qiziqish ko'paysa ko'paydiki, aslo kamaymadi. 

Bugungi kunda velosport olamidagi eng nufuzli musobaqa 1903 yilda tashkil etilgan "Tur de Frans" hisoblanadi. Ushbu musobaqada qatnashishni har bir velosportchi orzu qiladi. 

O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing