05 dek 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA

40 yoshli Masvidal UFC'dagi jangi qachon bo'lishini aytdi
Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamariga sobiq davogar amerikalik Xorxe Masvidal 2025 yil bahorida yana "qafas"ga qaytishni rejalashtirayotganini malum qildi.
"Kelgusi yilning aprel oyida UFC'ga qaytaman. Hozircha raqib berilmadi. Umid qilamanki, bu dekabr oyida malum bo'ladi. Aprel, Mayamidagi kardda jang qilaman", dedi Masvidal.
Xorxe Masvidal ayni paytda 40 yoshda. Amerikalik aralash yakkakurash ustasi 2013-2023 yillar oralig'ida UFC'da jang qilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar