16 iyu 09:16
Yangiliklar
Boks/MMA

40 yoshli UFC jangchisi chempionlik jangida ishtirok etmoqchi
UFC jangchisi Yurayya Faber ikki vazn toifasida UFC kamari sohibi Genri Cexudoga qarshi jang qilmoqchi.
“Menda chempionlik jangida ishtirok etishga imkoniyat bor. Jimmi Riverga mag'lub bo'lgunimga qadar reytingda ikkinchi edim. Keyin Bred Pikkettni taslim etdim. Bu orada Genri Moralesni mag'lub etishga erishdi. Lekin, u meni Moralesdek oson mag'lub etolmaydi. Menga chempionlik jangi kerak. Genri ustidan g'alaba qozonishimga ishonaman”,-dedi Yurayya Faber.
Malumot uchun, Yurayya Faber 40 yoshda. U uch yillik tanaffusdan so'ng, Rikki Saymonga qarshi jang qildi va g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar