15 dek 10:41
Yangiliklar
42 yoshli Badu Jekdan WBC chempionlik kamarini tortib olishdi
Oqshom doirasida birinchi og'ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni Noel Mikaelyan revansh jangida ushbu kamarning amaldagi sohibi bo'lib kelgan 42 yoshli Badu Jekka qarshi ringga ko'tarildi.
2024 yil oxirida WBC chempionlik kamarini qaytarib olgan Jek shu yilning may oyida ilk himoya jangini aynan Mikaelyanga qarshi o'tkazib, hakamlarning qarori bilan (115-113, 115-113, 114-114) g'alaba qozongandi.
WBC bokschilar o'rtasida revansh jangni tayinladi. Bu safar Mikaelyan faolroq bo'ldi va ochkolar bo'yicha (115-111, 115-111, 116-110) zafar quchib, WBC chempioniga aylandi. Sakkizinchi raundda Jekdan gongdan keyin zarba bergani ochko olib tashlandi.
Malumot uchun, 35 yoshli germaniyalik-armanistonlik bokschi Noel Mikaelyan birinchi marta 2023 yilning noyabrida WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan, ammo promouteri Don King bilan ziddiyat tufayli "tatildagi chempion"ga aylangandi. Kamar esa bundan oldin ham "tatildagi chempion" bo'lgan Bad Jekka o'tgandi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi besh yil ichida birinchi og'ir vazn toifasida WBC chempionlik kamari uchun atigi beshta jang o'tkazilgan. Ehtimol Mikaelyan IBF va The Ring chempioni Jey Opetayiga qarshi birlashtiruvchi jangga qiziqish ham bildirmas.

Fikrlar