31 dek 18:20
Yangiliklar
Boks/MMA

48 soniyada nokautga uchragan Ronda Rouzi 3 million dolarga ega bo'ldi
Xabar berganimizdek, bugun AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 207 shousi o'tkazilgan edi.
Oqshomning markaziy jangida engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ronda Rouzi amaldagi chempion, braziliyalik Amanda Nunesga qarshi oktakonga ko'tarilgan edi.
Jang kutilmaganda 48-soniyadayoq yakunlangandi. Nunesning ketma-ket yo'llagan zarbalaridan so'ng afsonaviy jangchi nokautga uchradi.
SHunga qaramay, Rouzi 48 soniya turib bergani uchun avvaldan kafolatlangan 3 million dollar gonorarga ega bo'ldi.
Qizig'i shundaki, amaldagi jahon chempioni Amanda Nunes bor yo'g'i 100 ming dollar gonorarni qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar