So’nggi yangiliklar

14:17Умарали Раҳмоналиев "Манчестер Юнайтед" билан ўйиндан сўнг нималар деди? 0 13:46XX Осиё ўйинларида иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 13:15Расман! Наманганда ўтказиладиган Octagon 92 турнирининг марказий жанги эълон қилинди (ВИДЕО) 0 12:44Одилхон Бухорода бўлиб ўтган ATFС 33 турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 12:13Мануэль Нойер Германия футболчилари орасида рекорд ўрнатди 0 11:42Теренс Кроуфорд рингга қайтяптими? 0 11:11US Open 2026. Аёллар ўртасидаги турнирда финалчилар аниқланди 0 10:40Ислам Махачев: "UFC`дан қўнғироқ кутяпман" 0 10:09ЕЧЛ. "Шахтёр" ПСВ билан, "Фенербахче" эса "Рома" билан дуранг ўйнади + ВИДЕО 0 09:38Super Rizin 5 натижалари: Шайдуллаев Rizin ва PFL чемпионлик камарларини бирлаштирди 0 09:07Синдаров Непомняшийни мағлуб этди, Бибисарада ҳам ғалаба. Жамоа пешқадам! Бугун Жавоҳир - Магнус тўқнашуви бор! 0 08:36Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнири бошланади. Биринчи кун уч дзюдочимиз татамига чиқади 0 08:05ЕЧЛ. "Манчестер Юнайтед" "Сабаҳ"ни тор-мор этди, Раҳмоналиев "Олд Траффорд"да ўйнади 0 07:34Юнон-рум курашчиларимиз Осиё ўйинларида оптимал таркибда қатнашишади 0 07:03UFC Қирғизистонда турнир ўтказишга қизиқяптими? 0

02 avg 18:03
Yangiliklar

Bolalar sporti

51 ta sport obektida 281 milliard so'mlik qurilish tamirlash ishlari amalga oshiriladi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 31 iyuldagi farmoyishi bilan 2019 yilda jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurish, rekonstrukciya qilish va kapital tamirlash bo'yicha manzilli dasturi tasdiqlandi.

Unga ko'ra joriy yilda 51 ta obektda qurilish-tamirlash ishlari amalga oshiriladi. Ularning 25 tasi yangi sport inshooti sifatida qad ko'taradi, 21 ta mavjud sport majmuasida rekonstrukciya va 5 ta majmuada kapital tamirlash ishlari amalga oshiriladi.

Mazkur dastur Prezidentimizning hududlarga qilgan tashrifi davomida sport inshootlarini xalqaro tajribadan foydalangan holda va mamlakatimiz tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olib bunyod etish bo'yicha bergan ko'rsatmalariga asosan shakllantirildi. Xususan, Davlatimiz rahbari tomonidan energiya tejamkor, engil konstrukciyali, sendvich panelli kichik sport zallari qurish vazifasi topshirilgan edi.

Joriy yilda ilk marotaba Jizzax viloyatining Forish, Samarqand viloyatining Nurobod, Toshkent viloyatining Bo'ka, Toshkent, poytaxtimizning Uchtepa, Mirzo Ulug'bek tumanlarida engil konstrukciyali sendvich pannellari asosida yangi sport inshootlari quriladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq, Namangan viloyatining CHortoq tumanlarida yangi yopiq turdagi suzish havzalari bunyod etiladi. Navoiy viloyatining Xatirchi, Toshkent viloyatining Bo'ka tumanlari hamda Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahridagi basseynlar kapital tamirlanadi.

SHu kuni 2020- 2024 yillarda respublikada bolalar va o'smirlar sport maktablari, umumtalim maktablarida sport obektlarini qurish, rekonstrukciya qilish va kapital tamirlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risidagi hukumat qarori ham tasdiqlandi.

Ushbu qarorga ko'ra, 2020-2022 yillarda respublikamiz bo'yicha:

bolalar va o'smirlar sport maktablarida jami 178 ta (2020 yil 46 ta, 2021 yil 52 ta 2022 yil 80 ta) sport obekti quriladi, rekonstrukciya qilinadi va kapital tamirlanadi. Buning uchun 1 148 700 million so'm mablag' ajratiladi;

umumtalim maktablarida jami 52 ta yangi sport zali qurilib, yana 89 ta mavjud sport zali rekonstrukciya qilinadi.

SHuningdek, qaror bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Qurilish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 oktyabrga qadar xalqaro tajriba va mamlakatning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda turli xil sport o'yinlariga moslashuvchan (tranformer), ekologik toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalanib hamda ilg'or texnologiyalar va muhandislik echimlarini qo'llagan holda bolalar va o'smirlar sport maktablari namunaviy loyihalarini qayta ko'rib chiqish va joriy etish vazifasi yuklandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing