18 okt 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA

51 yoshli Bernard Xopkins so'nggi jangini qachon o'tkazishini malum qildi
Professional boksning ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni 51 yoshli Bernard Xopkins (55-7-2, 32KO) o'z faoliyatidagi so'nggi jangini 17 dekabr kuni o'tkazadi.
Xopkinsning katta sport bilan xayrlashuv jangi AQSHning Kaliforniya shtati Inglvud shahridagi The Forum arenasida bo'lib o'tadi. Bernard amerikalik 27 yoshli bokschi Jo Smitga (22-1, 18KO) qarshi ringga ko'tariladi.
Xopkins so'nggi bor 2014 yilning noyabr oyida jang o'tkazgan edi. O'shanda u o'ziga tegishli bo'lgan ikkita chempionlik kamarlarini rossiyalik Sergey Kovalevga boy bergan edi. Bernardning raqibi WBC reytingida 2-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar