So’nggi yangiliklar

17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0

20 fev 21:38
Yangiliklar

Tadbirlar

5ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan loyihalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbusning II yo'nalishi – Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o'z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish” doirasida matbuot anjumani o'tkazildi.

Matbuot  anjumanida Jismoniy tarbiya va sport hamda Xalq talimi vazirligi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan yoshlarni, shuningdek, aholining keng qatlamini sportga jalb etish borasida qator musobaqa va tadbirlar o'tkazib kelinmoqda. Matbuot anjumanida ishtirok etgan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig'i Umid Rajabov bu borada qilingan ishlar yuzasidan batafsil malumot berdi. 

“2019 yilning dekabr oyi va 2020 yilning yanvar oyi davomida hududlarda chekish, alkogol mahsulotlari va giyohvandlik moddalarning istemol qilinishiga  qarshi kurashish maqsadida, sportning futbol, shaxmat-shashka, basketbol, stol tennisi, armrestling turlari bo'yicha maktab, kasb-hunar talimi, oliy talim talabalari va sport talim muassasalari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, talim muassasalar ishchi-xodimlari, o'qituvchi-pedagoglar o'rtasida “Sport doim yutadi” musobaqasi Respublika miqyosida barcha tuman (shahar) lardagi belgilangan reja jadvali asosida umumtalim maktablarida o'tkazildi.

Bu borada jami 3765 ta sport musobaqalar va ommaviy-sport tadbirlari o'tkazilib, mazkur musobaqalarda 1 232 105 nafar ishtirokchilar qatnashdi. Ishtirokchilarning 536 167 nafarini xotin-qizlar tashkil etdi.

Bundan tashqari sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish bo'yicha sport va piyoda sayohatlar, marafonlarni tashkil etish va o'tkazish maqsadida hududlarda tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan aholining keng qatlami o'rtasida, tashkilot va muassasalarning ishchi xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularning sportga bo'lgan qiziqishlarini oshirish uchun hududiy hokimliklarining manzilli dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dasturga asosan hudullardagi barcha korxona, tashkilot, muassasalarda har kuni ertalab soat 7:00 dan 8:00 ga qadar ertalabgi badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.

2019 yilning dekabr oyi va 2020 yilning yanvar oyi davomida maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumtalim maktab o'quvchilari, kasb-hunar talimi, oliy talim muassasalari talabalari,  tibbiyot xodimlari o'rtasida “Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida 610 ga yaqin marafon va 815 dan ziyod ommaviy piyoda yurish sayrlari o'tkazildi.  Mazkur sport tadbirlarida 2 800 423 nafar ishtirokchilar (shundan 1 216 291 nafari xotin-qizlar) qatnashdi”, deb aytib o'tdi Umid Rajabov.

SHuningdek vazirlik tomonidan maktab o'quvchilari va mahalla yoshlarining sportga bo'lgan qiziqishini yanada kuchaytirish va jismoniy tarbiya va sportga jalb etish maqsadida, yuqori natijaga erishgan sportchilar hududlardagi  barcha tuman (shahar) hududlariga grafik asosida biriktirildi. 2019 yilning dekabr oyi va 2020 yilning yanvar oyi mobaynida yuqori natijalarga erishgan sportchilar ishtirokida mahallarda 561 dan ziyod davra suhbatlari va uchrashuvlar o'tkazildi. Faxriy sportchilar uchrashuvlar davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berish bilan bir qatorda mahorat saboqlari, master klasslar ham o'tkazildi.

Bundan tashqari, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, giyohvandlik, ichkilikbozlik, kashandalik kabi illatlarning oldini olishga, shuningdek aholining keng qatlamini jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga qaratilgan “Biz-sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz”, “Hokim kubogi” akciyalari, “Yoshlar marafoni”, shuningdek har haftada “Haftalik sport musobaqalari” kabi tadbirlarni o'tkazish yo'lga qo'yildi.

Bugungi kunga qadar respublika bo'yicha jami 11 648 ta ommaviy sport musobaqalari o'tkazilib, unda 1,3 mln.dan ziyod aholining va shundan 400 mingga yaqin ayollarning ishtirok etishiga erishildi. SHuningdek, respublikamizning barcha hududlarida uyushmagan yoshlar o'rtasida ommaviy sport tadbirlari ham muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning shu davriga qadar respublika bo'yicha voyaga etmagan yoshlar o'rtasida o'tkazilgan 7 012 ta ommaviy sport tadbirlarida 703 894 nafar (shundan 272 319 nafar qizlar) ishtirok etdilar.

Bundan tashqari, oilaviy sport musobaqalari ham muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda. Xususan, 815 ta oilaviy sport musobaqalarida 36 mingdan ziyod oila azolari (shundan 16 mingdan ortiq xotin-qizlar) ishtirok etdilar. Aholini, ayniqsa xotin-qizlarni jismoniy tarbiya  va sportga jalb etish maqsadida mahallalarda, qishloqlarda, istirohat bog'larida, korxona va muassasalarda ertalabki ommaviy badantarbiya mashqlari o'tkazilmoqda. Ushbu  badantarbiya mashqlarida respublika bo'yicha aholining 21 foizi (shundan 10,1 % ayollar) ishtirok etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing