06 sen 14:41
Yangiliklar

6 sentyabr – Butunjahon kurash kuni
Bir necha yildan buyon ushbu sana norasmiy bayram sifatida nishonlab kelingan bo'lsa, 2017 yilga kelib, “6 sentyabr – kurash milliy sport turi kuni” sifatida rasman tan olindi va bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni imzolandi.
Bugungi kunda dunyoning 130 dan ortiq mamlakatida Milliy federaciyalar tashkil qilingan. O'z navbatida, milliy sportimiz ham tobora yirik kompleks musobaqalar dasturidan muqim o'rin olmoqda. Jumladan, 2017 yil Turkmanistonda o'tgan Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari, 2018 yil Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlarida mazkur sport turi bo'yicha bahslar o'tkazildi. Bu yo'lda barchamizning ezgu maqsadimiz, shubhasiz, o'zbek milliy kurashini Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritishdir.
Fikrlar