23 may 11:37
Yangiliklar
Futbol
66 yoshli Gasperini faoliyatidagi ilk sovrinni qo'lga kiritdi. U Evropa ligasi tarixiga ham kirdi
Kecha, 22 may kuni "Atalanta" Evropa ligasi finalida "Bayer"ni 3:0 hisobida tor-mor etdi.
SHunday qilib, jamoa bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini 66 yoshida professional faoliyatidagi dastlabki sovrinni qo'lga kiritdi. U Evropa ligasi g'olibiga aylangan eng faxriy murabbiyga aylandi. Italiyalik murabbiy 2016 yil iyun oyidan buyon "Atalanta"ni boshqarmoqda.
Gasperinining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan. "Atalanta" bu mavsum Italiya kubogi finaliga ham chiqqan va "Yuventus"ga yutqazib qo'ygandi (0:1). Gasperini faoliyati davomida «Krotone», «Jenoa», «Inter» va «Palermo» kabi klublarda ishlagan.
Havola :
Fikrlar