05 apr 10:56
Yangiliklar

"7 may kuni eng yaxshi formamda bo'laman"
"Jangni nokaut bilan yakunlash haqida o'ylamayman. Agar bu haqda o'ylasangiz, o'z kombinaciyalaringiz, rejalaringiz haqida unutasiz. Siz ringda mashg'ulotlarda tayyorlanganingizdek urushishingiz kerak, xolos.
Bazi odamlar so'nggi jangim men xohlagandek bo'lmagani, men bu kabi raqiblarni istamaganim haqida o'ylashadi. Lekin bu meni Saul Alvares bilan jang qilishimga olib keldi. 7 may kuni mening jismoniy holatim juda yaxshi bo'ladi va Kaneloga qarshi eng yuqori darajamda chiqaman.
O'z mahoratimga ishonaman. Har safar ringga chiqqanimda raqimni mag'lub eta olishimga ishonaman. Nega uni mag'lub eta olmayman? Albatta, uning muxlislari ko'p va menga qaraganda mashhurroq. Lekin u ham men kabi oddiy inson", - deya Bivolning so'zlarini keltiradi BoxingScene.
Fikrlar