27 iyu 19:00
Yangiliklar
8 nafar o'zbekistonlik MMA ustalari Octagon 88 turnirida jang qilishadi ONLAYN
Musobaqaning markaziy jangida hamyurtimiz Odilxon Kamolov Tojikiston vakili Qamariddin Hasanov (Kamil Karate) bilan to'qnash keladi. Jang ikki sportchi uchun trilogiya maqomida o'tadi.
Ikkinchi asosiy bahsda esa yana bir yurtdoshimiz Bobur Abdulazizov qirg'izistonlik Marsel Nurlanbek Uulu bilan bellashadi.
SHuningdek, turnir asosiy kardi doirasida Og'abek "Saturn" Abdumo'minov qozog'istonlik Aktilek Jolshibekov bilan, Samandar Reimbaev esa Ozarbayjon sharafini himoya qiluvchi Muhammadali Nurusov bilan jang qiladi.
Mazkur sahifa orqali turnirda ishtirok etayotgan vakillarimizning jang natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin.
Interim BMF kamari uchun: Odilxon Kamolov (O'zbekiston, 10-5) - Qamariddin "Kamil Karate" Hasanov (Tojikiston, 9-4)
Oraliq vaznda: Bobur Abdulazizov (O'zbekiston, 23-12) - Nurjan Akishev (Qozog'iston, 17-5-1)
Yarim engil vaznda: Og'abek "Saturn" Abdumo'minov (O'zbekiston, 5-1) - Aktilek Jolshibekov (Qozog'iston, 1-0)
Engil vaznda: Muhamedali Nurusov (Ozarbayjon, 2-1) - Samandar Reimbaev (O'zbekiston, 2-2)
Engil vaznda: Izzatillo Qodirov (O'zbekiston, 4-1) - Tazabek Bayanov (Qozog'iston, 6-0)
Yarim engil vaznda: Eziz Durduev (Turkmaniston, 1-1) - Bobirjon Isroilov (O'zbekiston, 1-1)
Og'ir vaznda: Karim Yusupov (Qirg'iziston, 1-1) - Nurulloxon Abdullaev (O'zbekiston, 4-0), (3-raundda KO-TKO orqali);
Yarim o'rta vaznda: Jamshid Sayfutdinov (O'zbekiston, 1-1) - Nurkanat Sag'atbek (Qozog'iston, 4-0), (1-raundda KO-TKO orqali).
Fikrlar