27 iyu 14:47
Yangiliklar
To'rtinchi raketkani mag'lub etgan Sultonov 1/2 finalga chiqdi
Unda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Hamyurtimiz 1/16 finalda polshalik Petr Galusni 7/6(5), 6/3, 1/8 finalda xorvatiyalik Antonio Volyavecni 6/2, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Vakilimiz 2 soatu 7 daqiqa davom etgan 1/4 finalda musobaqaning to'rtinchi raketkasi, avstriyalik Sebastyan Sorgerni taslim eta oldi - 7/5, 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ayni paytda ATP reytingida 632, Galus 1757, Volyavec 1547, Sorger esa 462-pog'onadan joy olgan. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan Humoyun birozdan so'ng final chiptasi uchun dunyoning 410-raketkasi bo'lib turgan SHimoliy Makedoniya tennischisi Oleg Prixodkoga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 16:00da boshlanadi.

Fikrlar