27 iyu 20:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev rossiyalik Andrey Pulyaevni "uxlatib qo'ydi"
O'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev faoliyatidagi navbatdagi jangini o'tkazdi.
Hamyurtimiz Baku mezbonlik qilayotgan UFC Fight Night 280 turniri doirasida rossiyalik Andrey Pulyaevga qarshi oktagonga ko'tarildi.
3 raundlik o'rta vazn toifasidagi bellashuvda Nursulton raqibini ilk raunddayoq sabmishen orqali taslim etdi.
Bu orqali Ro'ziboev faoliyatidagi 37-g'alabasini nishonlagan bo'lsa, Andrey Pulyaev 5-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar