21 fev 07:44
Yangiliklar
Boks/MMA

88 yoshli Bob Arum Top Rank kompaniyasini sotadi
Dunyoga mashhur Top Rank promouterlik kompaniyasi sotiladi.
Uning egasi 88 yoshli Bob Arum kompaniyani taklif etilgan yaxshi summaga sotishga tayyor ekanligini malum qildi. Arum ayni paytda Endeavor, Liberty Global va DAZN kompaniyalaridan taklif kelib tushganini ham aytdi.
Malumot uchun, Arum deyarli yarim asr ilgari, aniqrog'i 1973 yilda Top Rank promouterlik kompaniyasiga asos solgan. Bob turli yillarda Muhammad Ali, SHugar Rey Leonard, Oskar De La Xoyya, Floyd Meyvezer, Menni Pakyao singari dunyo boksi afsonalari ishtirokdagi janglarni tashkil qilgan. Hozirda Terens Krouford, Vasiliy Lomachenko, Tayson Fyuri, Aleksandr Gvozdik va boshqa yulduzlar uning mijozlari hisoblanadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar