21 dek 13:16
Yangiliklar
A Seriyaning eng qimmatlashgan futbolchilari
Reyting peshqadami "Bolonya" hujumchisi Joshua Zirkzee va "Frozinone"da ijara asosida o'ynayotgan “Yuventus” vingeri Matias Sulening transfer qiymati 17 million evroga o'sgan. Kuchli uchlikni Markus Tyuram yakunlagan. "Inter" forvardi 15 million evroga qimmatlashib, 55 millionga baholanmoqda.
A Seriyaning eng qimmatlashgan 10 nafar futbolchisi:
1. Joshua Zirkzee («Bolonya», 30 (+17) mln evro);
2. Matias Sule («Frozinone», 25 (+17) mln);
3. Markus Tyuram («Inter», 55 (+15) mln);
4. Lautaro Martines («Inter», 110 (+10) mln);
5. Bremer («Yuventus», 50 (+10) mln);
6. Radu Dregushin («Djenoa», 20 (+10) mln);
7. Kenan Yildiz («Yuventus», 10 (+9) mln);
8. Rikkardo Kalafori («Bolonya», 13 (+8) mln);
9. Kristian Pulishich («Milan», 32 (+7) mln);
10. Ederson («Atalanta», 27 (+7) mln).
Fikrlar