01 may 14:31
Yangiliklar
Futbol

Abbosbek Fayzullaev o'zaro o'yinda O'zbekiston Rossiyani mag'lub etadimi degan savolga javob berdi
Milliy terma jamoamiz yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev O'zbekiston va Rossiya futboli haqida fikr bildirdi.
"Haqiqatdan, O'zbekistonda hozir eng kuchli futbolchilardan tashkil topgan avlod bor. Bu tarkibni Rossiyaning hozirgi tarkibi bilan solishtirsa bo'ladimi? Rossiyada ham kuchli tarkib bor. Jamoangiz hozir uncha kuchli bo'lmagan jamoalarga qarshi bahs olib bormoqda.
Rossiyaning bir nechta o'yinlarini ko'rdim. Sizlarda Golovin va yana boshqa yulduzlar bor. Agar Rossiya xalqaro arenaga qaytsa, jamoa raqiblarga yaxshigina qarshilik ko'rsatadi", - dedi Fayzullaev.
- O'zaro o'yinda qaysi jamoaning g'alabaga bo'lgan imkoniyati ko'proq: O'zbekistonmi yoki Rossiya?
- Men har doim o'z Vatanimni tanlayman. O'zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyani mag'lub etgan bo'lardi, deb hisoblayman.
Havola :
Fikrlar