15 iyu 10:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdel Aziz Usmanning navbatdagi raqibi haqida gapirdi
Yarim o'rta vaznda UFC chempioni Kamaru Usmanning menejeri Ali Abdel-Aziz britaniyalik Leon Edvardsning amerikalik Neyt Diasga qarshi g'alabasiga munosabat bildirdi.
Abdel Aziz Edvards endi Usmanga qarshi kurashishi kerakligini aniq aytdi.
"Usman Edvardsga qarshi, qolganlarni unuting", - deb yozdi Abdel-Aziz o'zining Twitter`dagi sahifasida.
Oldinroq UFC prezidenti Dana Uayt Edvards-Dias jangi g'olibi titul jangi uchun haqli ekanligini malum qilgandi. SHu bilan birga, Kolbi Kovington ham kamar jangi uchun davo qilmoqda.
Avvalroq Usman keyingi jangda ushbu divizionning sobiq vaqtinchalik chempioni Kovington bilan jang qilishni istamasligini bir necha bor takidlagan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar