13 mar 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdug'ofurov WBCning yangilangan reytingida ko'tarildi, Qudratillo o'z o'rnida qoldi
Butunjahon boks ittifoqi (WBC) kecha yangilangan reytingni elon qildi.
Unga ko'ra, ikkinchi o'rta vazn toifasida janglar o'tkazadigan hamyurtimiz Azizbek Abdug'ofurov (76,204 kg) bir pog'ona yuqoriladi va reytingda beshinchi o'rindan joy oldi.
Mazkur yo'nalishda faoliyat olib borayotgan yana bir hamyurtimiz, yarimo'rta vazn toifasida janglarni o'tkazayotgan Qudratillo Abduqahhorov avvalgi oyda bo'lganidek beshinchi o'rinda qoldi.
Eslatib o'tamiz, Qudratillo 30 mart kuni (Toshkentda 31 mart tongida) Filadelfiyadagi "2300 Arena"da yaponiyalik Keita Obaraga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar