So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

26 iyu 11:40
Yangiliklar

Boks/MMA, Bolalar sporti

Abdug'ofurovning “siri” ochildi yoki Dehqonchek qishlog'i chempionlar maskani

23 iyul kuni Singapurda tashkil etilgan professional boks kechasida joriy yildan ushbu yo'nalishda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Azizbek Abdug'ofurov (2-0, 2 KO) o'zining uchinchi jangini o'tkazdi.

Hamyurtimiz WBC yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionligi – “Asian Boxing Council” kamari uchun tailandlik CHaloemporn Samatsukka (17-0, 13 KO) qarshi ringga ko'tarilib, 12 raundlik jangning birinchi raund ikkinchi daqiqasidayoq (!) raqibini nokautga uchratgandi.


Ushbu boks kechasida yana bir hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov (7-0, 5-KO) ham WBC yo'nalishi bo'yicha “Asian Boxing Council Silver” kamari uchun 12 raundlik jangda filippinlik Adones Kabalkuinto (24-1, 15 KO)ni ochkolar hisobi bo'yicha mag'lub etgandi.

Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumanida dunyoga kelgan Azizbekning oilasida ushbu sport turiga qiziqish juda ham yuqori bo'lib, u tug'ilib o'sgan Dehqonchek qishlog'ida ham Singapurdagi musobaqa bilan bir vaqtda 6-ananaviy ochiq turnir o'tayotgan ekan.


Etiborlisi, har ikki yilda bir bor tashkil etiladigan o'smirlar o'rtasidagi ushbu kichik musobaqa aynan Azizbekning bobosi Abdug'ofur Rahmonov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilar ekan.   

- Turli yosh  toifasidagi turnir 4 kun davom etdi. Unda Andijon viloyati va Qo'qondan 18ta jamoaning 331 nafar bokschisi ishtirok etdi, - deydi musobaqa bosh hakami, jahon chempionatining kumush medali sohibi To'lqin Turg'unov. – Aslida musobaqa 2004-2007 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida o'tishi rejalashtirilgandi. Biroq Olmaliq shahridagi 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi Respublika chempionati olimpiya o'yinlari munosabati bilan kechiktirilgani bois, biz yig'inda bo'lgan viloyatimizning ana shu yoshdagi termasini ham Dehqonchekdagi turnirga jalb etdik. Bu juda yaxshi samara berib, turnirning saviyasi juda ham oshib ketdi. Musobaqani kuzatib, haqiqiy istedodlar qishloqda ko'pligiga yana bir karra ishondim. SHunday janglar bo'ldiki, chekka bir qishloqdagi hali tuzukroq turnir ko'rmagan bola ham olimpiya kolleji vakiliga “non” bermadi.


- Turnir tashkilotchilaridan biri hamkasbimiz SHermurod Yusupovga alohida tashakkur aytaman, - deydi jahon chempionati sovrindori Jasur Latipovning ustozi Abdulhofiz Jalolov. – Ochiq, biroq salqin, bahovo maydonda tashkil etilgan musobaqa juda ham yuqori saviyada o'tib, aholining ushbu sport turiga bo'lgan qiziqishni yanada orttirdi. Ayniqsa, final kuni  Azizbek Abdug'ofurovning chempionlik kamarini qo'lga kiritganini eshitgan har bir ishtirokchining g'ayratiga g'ayrat qo'shildi. Mana shunday murosasiz bellashuvda bizning Paxtaobod tumanidan 4 nafar shogirdimiz oltin, 1 nafari kumush hamda 2 nafari bronza medaliga ega bo'lganidan juda ham xursandman. Maqsadimiz Respublika chempionatida ham bu kabi g'alabalarni davom ettirish.


MUSOBAQANING JAMOAVIY NATIJALARI:

2002-2003- yillarda tug'ilganlar:1. IBO'SM, 2. Paxtaobod, 3.Izboskan.

2004-2005- yillarda tug'ilganlar: 1.Qo'rg'ontepa, 2.Izboskan, 3.Paxtaobod.

2006-2007- yillarda tug'ilganlar:1. Dehqonchek, 2. Qorasuv, 3.Paxtaobod.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, bu kabi turnirlar qishloq joylarida sportni yanada ommalashishiga xizmat qilmoqda. Aks xolda, Dehqonchekdan qisqa muddatda professional boksda WBC yo'nalishi bo'yicha “Asian Boxing Council” kamari  sohibi Azizbek Abdug'ofurov, o'smirlar o'rtasida jahon chempionati sovrindori (ko'pchilik Iqbolni Toshkentda o'tgan ARV yo'nalishda irlandiyalik Evropa  chempioniga qarshi jangini yaxshi eslaydi)  Iqboljon Xoldorov, yoshlar o'rtasida mamlakat chempionati sovrindori  Jahongir Rahmonov kabi bokschilar etishib chiqmasdi. Darvoqe, aytishlaricha og'ir atletika bo'yicha jahon chempioni Ruslan Nuriddinovning ham kindik qoni Dehqonchekka to'kil ekan.

Ulug'bek Hakimjonov tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

   
02 avg 23:15:23
farrux
bizadanam absalutniy chempionlar chiqarmikan
   
26 iyu 17:13:40
Bekmurod
Xaqiqatdan xam dexqonchek qishlog'i chempionlar maskanidur. Bu dargohga boks sportini sirlarini olib kirgan murabbiy Shermurod Yusupovni aloxida ta'kidlash lozim va kelgusi ishlariga omad tilamoqchiman bunday mashaqqatli iwda xolmay tolmay mexnat qilishini tarafdoriman
   
26 iyu 17:13:06
Bekmurod
Xaqiqatdan xam dexqonchek qishlog'i chempionlar maskanidur. Bu dargohga boks sportini sirlarini olib kirgan murabbiy Shermurod Yusupovni aloxida ta'kidlash lozim va kelgusi ishlariga omad tilamoqchiman bunday mashaqqatli iwda xolmay tolmay mexnat qilishini tarafdoriman
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing