So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

21 fev 15:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Abdulhay SHorahmatov: "Musobaqada JCH finalchisini mag'lub etdim, finalda esa..."

Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Bolgariyadagi xalqaro turnirda qatnashib, bugun yurtimizga qaytib kelishgani haqida xabar bergandik.

Terma jamoamiz azosi Abdulhay SHorahmatov ushbu musobaqa yakunlari haqida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bolgariyadagi "Strandja" xalqaro musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jamoaviy hisobda ikkinchi o'rinni egalladik.

Turnir davomida SHveciya va Italiyadan tashrif buyurgan raqiblarni mag'lub etib, chorak finalgacha etib bordim. CHorak finalda esa jahon chempionati finalchisi, ikki karra Amerikaning ikki karra chempioni Ragan Dakka qarshi jang o'tkazdim. Bahs qiyin kechgan bo'lsada, yakunda hamyurtlarimizning duolarini his qilib turdim va g'alaba qozondim. Yarim finalda esa Evropa o'yinlari g'olibi, uch karra Rossiya chempioni Baxnazar Nazirovga qarshi ringga chiqdim. Jangda murabbiylarimning ko'rsatmasi evaziga g'olib bo'ldim. Finalda esa hamyurtim Miraziz Mirzahalilov bilan jang o'tkazdim. Biz chiroyli boks namoyish etdik. Bir-birimizning uslubimizni bilganimiz uchun, ochiq jang bo'lgani yo'q. Yakunda hakamlar uning g'alabasini qayd etishdi. Men albatta bundan ajablandim, raqibim ham hayron qolgan bo'lsa ajab emas.

Qo'llab-quvvatlaganliklari uchun muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Kelgusi janglarda ham bayrog'imiz balandlarga ko'tarilishini, madhiyamiz doimo jaranglab turishiga o'z hissamizni qo'shishdan charchamaylik", - dedi Abdulhay SHorahmatov.

Reyting:    

Fikrlar

   
22 fev 07:34:47
KING RING
Jang ajoyib tarzda oʻtdi. Miraziz haqli ravishda gʻalaba qozondi. Avvallari Abdulhay Toshkentda boʻlgani uchun unga yon bosishardi. Miraziz boshidan jarohat olgan edi birinchi jangida. Shunday boʻlsada toʻrtta raqibini yengdi
   
21 fev 21:37:33
Boks muhlisi
Abdulhay Yutgan edi ,u yahwiroq formada u boriwga haqliroq
   
21 fev 17:01:58
Dilshot Solihov
To'ri takitladingiz ikalasigayam gap yo'q afsuski 50 kundan keyin osiyo chimpiyanatiga bittasi bormidi.
   
21 fev 16:08:57
Bek
Икаласиям хеч бир жиҳатдар бири биридан қолишмайдиган боксчилар.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing