So’nggi yangiliklar

19:24Испания сафида Токио Олимпия ўйинларида кумуш медал қўлга киритган футболчи 8,5 йилга қамалди 0 18:47Париж Олимпиадаси финалида Светлана Осиповани мағлуб этган франциялик таэквондочи спортдан четлатилди 0 18:00Тарихда илк бор UFC турниридаги барча жанглар нокаут билан якунланди 0 17:03"UzChess Cup" - Муҳиддин Мадаминов чемпион! 0 16:55ЖЧда 1-тур якунланмасдан илк истеъфо содир бўлди 0 16:29Халқаро Кураш Ассоциацияси Президенти истеъфога чиқди, унинг ўрнига ҳамюртимиз ташкилотни бошқаради 0 16:07Жордан Барроуз RAF билан шартнома имзолаб, Махачев ва Царукян билан бир кечада жанг қилмоқчи эканини айтди 0 15:21Анвар Анваров Швециядаги турнир чемпиони! 0 14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0

04 jan 17:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Abdulhay SHorahmatov prof boksda debyut qiladi. Dastlabki jang manzili, sana va raqib malum

"Uzbek Tigers"dagi janglari orqali muxlislar mehrini qozongan Abdulhay SHorahmatov professional boksda debyut qiladi.

Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, SHorahmatov 8 fevral kuni professional boksda dastlabki jangini o'tkazadi. 

O'sha kuni hamyurtimiz Filippinda mezbon bokschi Benji Ebidoga qarshi ringga ko'tariladi. Qayd etish lozimki, Ebido bungacha prof boksda ikkita jang o'tkazgan va ularning ikkalasida ham mag'lub bo'ldi. 

Abdulhay esa bungacha faqat havaskor boksda, shuningdek Butunjahon boks seriyasi janglarida ishtirok etgan. WSBda u "Uzbek Tigers" safida 6 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan.

Malumot uchun, Abdulhay SHorahmatov Britaniyaning "Queensberry Promotions" kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan. Angliyadagi qoidalarga ko'ra, u erda professional boksdagi debyut jangini o'tkazish mumkin emas. SHu sababli ham SHorahmatov debyut jangini Britaniyadan tashqarida o'tkazadi.

Ushbu jang oqshomi "Black Cobra" laqabi bilan mashhur Devi Kuper tomonidan tashkil etilmoqda. Takidlash joizki, u o'zbekistonlik boshqa bir bokschi Sanjar Rahmonov bilan birga ishlaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
04 jan 19:53:34
Руслон Полванов
ОХ ракиб жуда жуда жиди
   
04 jan 18:20:51
Jalol Axmedov
hozirgina bir yangilik aytishdi. u frank warren taklifini qabul qilgan va birinchi jangi filippinda oʻtkazganidan soʻng 2 chi jangini Buyuk Britaniyada oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishilibdi
   
04 jan 18:14:34
Jalol Axmedov
hozirda hali rasman shartnomasi yoq mir boksadan ham taklif bolmoqda lekin Frank Warren bildiryotgan taklif moliyaviy yaxshiroq. keyin bu raqib oʻzgaradi hali bu borada muzokaralar ketmoqda
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing