01 may 11:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdulmanap Nurmagomedov Konorning otasini bo'g'ib qo'yishga tayyor
Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov o'zi va Konor MakGregorning otasini taqqosladi.
"U bilan jang qilishimiz mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo'ldi (Toni MakGregor - Konorning otasi nazarda tutilmoqda). Uni bog'langan qo'llarim bilan ham bo'g'ib qo'ya olaman.
Meni qo'limni bog'lab u bilan jangga tashlang, shunda ham uni bo'g'ib qo'yaman. Bunga ishonmaysizmi? Taklif qilib ko'rishingiz mumkin. Men professionalman va butun umrim davomida shug'ullanib kelganman. Bizni taqqoslash shart emas. Bizning saviyamiz turlicha", - dedi katta Nurmagomedov.
O'tgan yili Toni MakGregor havaskor boksda o'zini sinab ko'rmoqchi ekanligi haqida gapirgandi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar