19 jan 17:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdurasul Ismoilov xitoylik raqibini nokautga uchratdi
Bugun Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi.
Avval xabar berganimizdek, unda hamyurtimiz Abdurasul Ismoilov xitoylik Nuominga qarshi ringga ko'tarildi. 6 raundga mo'ljallangan jang 2-raunddayoq yakunlandi.
Abdurasulning o'ng qo'li bilan bergan zarbasidan so'ng raqib yiqildi va hakam jangni to'xtatdi. SHu tariqa, hamyurtimiz professional faoliyatidagi 8-jangida 7-g'alabasini qo'lga kiritdi. Janglarning 4 tasida u raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar