19 dek 08:21
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/25016_220.jpg)
Abror Tursunpo'latovning shogirdi Kovalyov martda ringga chiqadi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Sergey Kovalyov navbatdagi jangini 2018 yilning mart oyida o'tkazadigan bo'ldi.
Rossiyalik bokschining raqibi yana bir rus bokschisi IBO yo'nalishi chempioni Igor Mixalkin bo'ladi. Birlashtiruvchi chempionlik jangi 4 mart kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi. Bu malumotni Kovalyovning murabbiyi hamyurtimiz Abror Tursunpo'latov ham tasdiqladi.
Fazliddin G'oibnazarovning murabbiyi hisoblangan Tursunpo'latov
parallel ravishda Sergey Kovalyovga ham ustozlik qilyapti. Mixalkin so'nggi jangini
shu oyning boshida franciyalik Dudu Ngumbaga qarshi o'tkazib, raqibini ochkolar
hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Kovalyov esa noyabrda ukrainalik Vyacheslav SHabranskiyni
ikkinchi raundda nokautga uchratgandi.
Havola :
Fikrlar