24 mar 18:41
Yangiliklar
Boks/MMA
"Absurd" - Renato Moykano Evloev - Myorfi jangi natijasini tanqid qildi
UFC chempionligi uchun sobiq davogar, braziliyalik Renato Moykano Londonda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 270 turnirining asosiy jangidagi hakamlikdan norozi.
Davogarlar jangida rossiyalik Movsar Evloev britaniyalik Leron Myorfini hakamlarning ayri qarori bilan mag'lubiyatga uchratgandi. Hakamlarning ikki nafari g'alabani Movsarga bergan bo'lsa, uchinchi referi durang natija qayd etgan edi.
"Myorfi birinchi raundda raqibiga nisbatan 15 ta ko'proq zarba berdi va bu jihat yakunda natijaga tasir qilmadi. Bu absurd, bemanilik. Hakamlar Evloev foydasiga raundlar bo'yicha 4:1 hisobini qanday ko'rishdi?", - deb yozdi Moykano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar