28 noy 07:02
Yangiliklar
Abu Dhabi Grand Slam 2025. Bugun to'rt dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Abu Dhabi Grand Slam 2025 turnirining ilk kuni erkaklar -60, -66, ayollar -48, -52, -57 kg vazn toifalarida g'oliblik yo'lida tatamiga chiqishadi. Ilk kungi bahslarda O'zbekiston ayollar terma jamoasining to'rt nafar vakilasi musobaqa medallari hamda jahon reytingi uchun taqdim etiladigan qimmatli ochkolar uchun bahslarga kirishadi.
Musobaqaning saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 11:00, final dasturi esa 18:00da boshlanadi.
Abu Dhabi Grand Slam 2025. Dzyudochilarimizning ilk davra uchrashuvlari
-48 kg: Laziza Haydarova — Amber Gershes (Niderlandiya)
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova — Roza Dertyash (Vengriya)
-52 kg: Muhayyo Ahmatova — Yuna Gerasimova (Rossiya)
-57 kg: SHukurjon Aminova — Ganxuyag Enxjin (Mo'g'uliston)

Fikrlar