09 jan 22:14
Yangiliklar
Boks/MMA
ACA 198. Xolmurod Nurmatov ishtirokidagi jang muddatidan avval yakunlandi
Ayni daqiqalarda CHechenistonning Grozniy shahrida aralash yakkakurashlar bo'yicha ACA 198 turniri bo'lib o'tmoqda.
Turnir kardini ochib beruvchi jangda o'ta engil vazn toifasidagi hamyurtimiz Xolmurod Nurmatov mezbonlar vakili Ramzan Suleymanovga qarshi oktagonga chiqdi.
Afsuski, uch raundga mo'ljallangan jangda Nurmatov raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Suleymanov ikkinchi raundda parterga tushib qolgan hamyurtimizni bo'g'ish usuli evaziga mag'lubiyatga uchratdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar