11 jan 09:28
Yangiliklar
Adelaide International. Birinchi raketkamiz saralashning finalida kortga chiqdi
Unda mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ham o'z omadini sinab ko'rdi. Rossiyadan mahalliylashtirilgan tennischimiz saralashning 1/2 finalida 11-raqam ostida tasniflangan xitoylik CHjan SHuayni 7/5, 5/7, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Afsuski, vakilamiz asosiy to'rga yo'llanma bergan saralashning final uchrashuvida ruminiyalik 35 yashar Sorana Kirstyaga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Biroz avval yakuniga etgan va bir daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda tajriba o'z so'zini aytdi - 7/6 (5), 6/3.
Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova ayni paytda WTA reytingida 91, CHjan SHuay 79, Sorana Kirstya 41-o'rinni egallab turibdi. Soranaga qarshi kechgan uchrashuvda Rahimova 1, Kirstya 6 ta eys zarbani amalga oshirdi. Qo'shxatolar hamyurtimizda anchagina ko'p bo'ldi - 7 ga 2. Bu tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvi edi. To'rt yil avval Istanbul turniridagi ilk to'qnashuvda ham Sorana zafar quchgandi. Kamilla Adelaida saralashidagi ishtirokidan 8 501 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab oldi.

Fikrlar