02 mar 12:51
Yangiliklar

Adesanya CHimaev bilan ehtimoliy jang haqida: "Men haqiqatan ham hayratda qoldim"
“Men uni jiddiy qabul qilmayman va bunday qilishga majbur emasman. Albatta, Xamzat men bilan jang qilmoqchi. Agar biz jang kilsak nima bo'ladi deb o'ylaysiz? U o'ziga etibor qaratmoqchi.
Uning so'nggi jangi meni Xamzatga etibor qaratishimga majbur qildi. O'shanda lol qolgandim. Negaki Jinliangni qanday jang qilishini bilaman. O'shanda Xamzatning jangi menga yoqdi. Men haqiqatan ham hayratda qoldim.
Ammo, hozir bularning barchasi quruq gap-so'zlar. U o'rta vazn toifasida kim bilan jang qildi? Eshitishimcha, u o'rta vazndagi ko'plab yigitlarni mag'lub eta oladi. Ammo, birinchi navbatda men buni ko'rmoqchiman. SHundan so'ng buni jiddiy o'ylab ko'ramiz", - deya iqtibos keltiradi MMA Junkie Adesanyaning so'zlaridan.
Fikrlar