17 apr 10:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Adesanya Jonsga qarshi oktagonga chiqadimi?
O'rta vaznda vaqtinchalik UFC chempioni Israel Adesanya Jon Jons bilan o'tkazilish ehtimoli bo'lgan jang haqidagi savolga javob qaytardi.
“Jons? U meni mag'lub etmoqchi bo'lganida, kecha shu ishni qilishi kerak edi. Etibor bering, men har bir jangimdan so'ng yanada kuchli bo'lib boryapman. Jon men bilan nega hozir jang qilmoqchi? Sababi, UFCga kelganimga endigina bir yil bo'ldi, tabiiyki, tajribam katta emas.
SHu boisdan, hozir unda meni mag'lub etish uchun imkoniyati bor. Lekin 2-3 yildan so'ng juda kuchli bo'laman. Men UFCda birinchi raqamli jangchiman. SHu sababli bu jang mening xohishim bilan amalga oshadi. Men ana shu jang uchun ham vaznimni oshirishga tayyorman”, - dedi Adesanya.
Havola :
Fikrlar