07 sen 08:23
Yangiliklar
Adhamjon Ergashev: "Bazida xato ham qilib turish kerak" + FOTOGALEREYA
Musobaqaning biz uchun ilk kungi bahslarida hamyurtlarimizdan Jamila Panfilova va Adhamjon Ergashev medallar uchun supachaga chiqishdi. Lekin har ikki atletimiz ko'rsatgan natijalar medallar uchun kutilganidan ham kam bo'ldi. Ayniqsa, Ergashev o'z imkoniyati darajasidan ancha past harakat qildi.
61 kg vazn toifasidagi og'ir atletikachimiz dast ko'tarishda 126, siltab ko'tarishda 160, umumiy hisobda 286 kg natija ko'rsatdi. Balki, Adhamjonning Ar-Riyodga musobaqadan bir kun oldin etib borgani ham natijaga tasir o'tkazgandir.
"Bazida xato ham qilib turish kerak. Biz kutmagan kunlar kutilmaganda keladi, In SHa Alloh", - deya o'zining Instagram sahifasida suratlar va uning ostida izoh qoldirgan Ergashev.
Fikrlar