So’nggi yangiliklar

12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0 20:44Робиньонинг 18 ёшли ўғли "Женоа"га ўтмоқда 0 20:18UFC Fight Night 286 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0

20 apr 07:24
Yangiliklar

Og'ir atletika

Adhamjon Ergashev Osiyo chempionatida ikkita bronza medalini qo'lga kiritdi

Poytaxtimizda og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Quvonarlisi, musobaqaning kechagi kunida terma jamoamiz azosi, -67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Adhamjon Ergashev ikkita medalga ega chiqdi.



Hamyurtimiz dast ko'tarish mashqida dastlabki ikki urinishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lsa-da, nihoyat so'nggi urinishda 140 kg toshni o'ziga bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi.

Siltab ko'tarish mashqida esa hamyurtimiz ishonchli harakat qildi va o'z ishtirokini 176 kg natija bilan yakunladi. SHu og'irlikning zabt etilishi unga siltab ko'tarish mashqi va ikki kurash bahslarida bronza medallarini taqdim etdi.

Ushbu vazn toifasida katta oltin medal Xitoy vakili Lijun CHenga nasib etdi. U yakunda o'z hamyurti Minxao Xuangni bor-yo'g'i bir kiloga ortda qoldirdi.

Og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati

Erkaklar, -67 kg vazn toifasi:

1. Lijun CHen (Xitoy) – 333 kg (153 kg + 180 kg)

2. Minxao Xuang (Xitoy) – 332 kg (155 kg + 177 kg)

3. Adhamjon Ergashev (O'zbekiston) – 316 kg (140 kg + 176 kg)

SHu tariqa poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz azolari tomonidan qo'lga kiritilgan medallar soni 5 taga etdi.

Eslatib o'tamiz, kechagi dasturda Og'abek Nafasov kumush (dast ko'tarish), Muattar Nabieva esa kumush (dast ko'tarish) va bronza (ikki kurash) medallariga sazovor bo'lishgan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing