29 avg 15:40
Yangiliklar
Og'ir atletika
Adhamjon Ergashevda yangi shaxsiy rekord!
Adhamjon Ergashev og'ir atletika bo'yicha “O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi” onlayn musobaqasida dast ko'tarish mashqini yakunladi.
-67 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz musobaqada o'zining shaxsiy rekordini yangiladi.
Yurtdoshimiz bungacha 2019 yil Tailandda o'tgan jahon chempionatida ushbu mashqdagi eng yaxshi natijasini qayd etgan edi – 146 kg. Biroz avval vakilimiz 147 kilogramm natija qayd etib, dast ko'tarish mashqini birinchi o'rinda yakunlash bilan birga shaxsiy rekordini ham yangiladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar